Ushbu tibbiyot kolleji jamoasi bilan uyushtirilgan muloqot chog‘ida mavjud muammolarni hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, amaliy ishlar ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. SHu bilan birga oʻquv-uslubiy, ilmiy, xorijiy tillarni oʻrganish borasidagi ustuvor vazifalar alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.