Tadbirda so’z olganlar Konstitutsiyaning aksariyat moddalariga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritilgan holda xalq hukmiga havola qilgani haqida aytib o’tishdi. Xususan, yangilangan konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarini kafolatlash, jamiyat, davlatning ertangi kuni bilan bog‘liq muhim huquqiy asoslar o‘z ifodasini topgan. Bosh Qomusda ayniqsa ochiqlik, oshkoralik, demokratik tamoyillari mustahkamlanayotganini alohida ta’kidlash joiz.
SHu bois fuqarolar oʻz kelajagiga befarq boʻlmay, 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumida faol ishtirok etishlari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi