You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xodimlari tomonidan mahalla aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xodimlari tomonidan mahalla aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali klinik kafedralardagi professor-o’qituvchilari tomonidan Termiz tumani Gulbahor QVP mahallasiga tashrif amalga oshirildi.

     Tashrif chog‘ida kafedra professor va o‘qituvchilari tomonidan shu mahallaga qarashli hudud aholisini ko‘rikdan o‘tkazishdi va og‘ir muammoli bemorlarni konsultatsiya qilishdi.

    Mahalla aholisiga kafedra xodimlari tomonidan mavjud kasalliklari bo‘yicha zarur maslahat va tavsiyalar berildi.

    Kо‘rik yakunida mahalla raisi va faollari kafedra xodimlariga chuqur minnatdorchilik bildirishdi va kasbiy faoliyatida omad va zafarlar tilab qolishdi.