You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida sumalak sayli o‘tkazildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida sumalak sayli o‘tkazildi.

   Bahor bayramlar mavsumi. Mana yurtimizga biz orzuqib kutgan yasharish, yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Navro‘z kunlari sumalak pishirib, uni ko‘pchilikka tortiq qilish azaliy qadriyatlarimizdan biridir.
Ushbu an’anaga binoan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida sumalak sayli uyushtirildi.

   Saylga filiali direktori F.Otamurodov boshchiligidagi bir guruh professor-o‘qituvchilar tashrif buyurishdi. Ezgu tilaklar bildirishdi.

   Sayl davomida “Navro‘z” ayyomi munosabati bilan “Balli qizlar ” bellashuvi hamda sportning shaxmat-shashka, volleybol, stol tennisi musobaqalari o’tkazildi.

   Bellashuvda har bir qiz o’zining mahoratini, pazandaligini, suhandonligini, kitobxonligini ko’rsatishdi.

   Tadbir davomida talabalar Navroʼzning kelib chiqish tarixi, xalqimizga xos urf-odat va an’analar namoyish etildi. Navroʼz hangomalari, o‘lan va laparlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.