You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga biriktirilgan Denov tumanidagi “Qizil” toifaga kiritilgan yoshlar muammolari hal etilmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga biriktirilgan Denov tumanidagi “Qizil” toifaga kiritilgan yoshlar muammolari hal etilmoqda.

      Habaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari” borasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bandligini taʼminlash, ularni sifatli taʼlimga qamrab olish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda sogʻlom fikrlashlariga zamin yaratish boʻyicha vazifalar belgilab berilgan.

     Ushbu topshiriqqa muvofiq TTATFga Denov tumanidagi 50 nafar “qizil” toifaga mansub yoshlar biriktirilgan.

   Mazkur topshiriq ijrosini ta‘minlash maqsadida, Denov tumanidagi “Buyuk kelajak” mahallasi fuqarosi II-guruh nogironi Ergasheva Umidaning shart-sharoiti o’rganilishi natijasida uning tikuvchilik sohasiga qiziqishi aniqlanib unga zamonaviy rusumdagi tikuv mashinasi taqdim etildi hamda bandligini ta’minlash uchun sharoit yaratildi