O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan va Vazirlar mahkamasining 2018 yil 5 martdagi 172-sonli qaroriga binoan Surxondaryo viloyatida ilk bor Termiz tibbiyot kolleji bazasida Toshkent akademiyasining Termiz filiali tashkil etilgan. 2023 yilga kelib, 294 nafar talaba yoshlar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali «Davolash ishi» yo’nalishining ilk «Qaldirg’ochlariga» aylanishdi.
Bugun 14-iyun kuni «Yoshlar markazi» binosida «Bitruvchi 2023» tadbirida ilk bitiruvchilarimizning qasamyod marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug’bek Qosimov ishtirok etib, bitiruvchi talabalar yoshlarimizni oliyhohni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan muborakbot etdilar va bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlarni topshirdilar.
Aziz bitiruvchilar! Bugungi bayramingiz bilan muborakbod etamiz. Kelgusida xalqimizning salomatligini saqlashdek, о‘ta mas’uliyatli va sharafli ishda Sizlarning kasbiy mahoratingiz, bilim va tajribangiz, insoniylik fazilatlaringizga va fidokorona mehnat qilishingizga ishonamiz!
Shu o‘rinda bizning filial professor-o‘qituvchilari, xodimlari va rahbariyati tomonidan sizlarga ham qalban ham ruhan kuchli bo‘lishni, oldingizga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun hech qachon bo‘sh kelmasligingizni faqat va faqat olg‘a yurishni hamda kelgusi ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Tib ilmining ulug‘ sultoni Abu Ali Ibn Sinoning munosib izdoshlari sifatida el e’zozi va e’tirofiga sazovor bо‘lishingizni tarafdorimiz!