Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hamda hindistonlik talabalarga filial psixologi G.G‘ozieva «Bemor bilan muloqotda psixologik ta’sir» mavzusida davra suhbati uyushtirildi. Unda moslashish ko‘nikmalari hamda psixologik muhitni yaratishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida yakka tartibda ham suhbatlar tashkillashtirildi.
Suhbat davomida tibbiyot xodimining bemorga qilayotgan muomalasining qanchalik ahamiyatga egaligi va davolash uchun eng kerakli birinchi yordam bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.
Suhbatdan ko’zlangan asosiy maqsad — shaxsni psixologik, ruhiy jihatdan ozod qilish, unda tabiiy erkinlikni his etishni hamda jamiyatda o‘zaro munosabat va muloqot o‘rnata olishni shakllantirishdan iborat