Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida «Fuqarolarni kiber tahdidlaridan himoya qilish» mavzusida filial xodimlari hamda talaba-yoshlari ishtirokida suhbat o’tkazildi.
Unda qayd etilganidek, Kiberxavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalashni nazarda tutadi. Mamlakatimizda bu boradagi faoliyat Oʻzbekiston Respublikasining “ Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonuni bilan tartibga solinadi.
Tadbirda bugungi kun dolzarb ahamiyat kasb etayotgan kiber xavsizlik haqida tushuntirish ishlari o’tkazildi. Har bir talaba qolaversa, filial xodimlarining aldanib qolmaslik uchun to’g’ri yo’nalishlar ko’rsatilib, amaliy tartibda tushuntirish ishlari olib borildi.
Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.