You are currently viewing TTATF ga professor – o‘qituvchilar tashrifi

TTATF ga professor – o‘qituvchilar tashrifi

   Kuni kecha Samarqand davlat tibbiyot universitetidan malakali professor-o‘qituvchilar TTATF ga tashrif buyurishdi.

   Tashrif davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Biokimyo kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsent K.X.Xalikov; Gistologiya, embriologiya va sitologiya kafedrasi mudiri t.f.d. dotsent F.S.Oripov hamda Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri PhD, dotsent A.N.Maxmudovalar filial professor-o‘qituvchilari uchun ilmiy seminar, master-klass, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari olib borishdi.

   Bundan tashqari dotsent X. Xalikov hamda filialning Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi mudiri F. Umarovlar tomonidan akademik mobillik dasturi doirasida talabalar uchun integral ma’ruza mashg‘ulotlari tashkil etildi.

   Shuningdek, tashrif davomida tegishli kafedralar faoliyati ko‘zdan kechirilib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va tajriba almashish bo‘yicha takliflar berildi.