You are currently viewing TTATF talabalari Adib Sobir Termiziy nomidagi Axborot-kutubxona markaziga  borishdi.

TTATF talabalari Adib Sobir Termiziy nomidagi Axborot-kutubxona markaziga borishdi.

   Maʼlumki, kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun maʼnaviyat va maʼrifat oʻchogʻi boʻlib, inson zoti doim kitoblarga intilib yashab kelgan. Har doim kutubxonalar jamiyat hayotining ajralmas qismi boʻlgan. Faqat kutubxonalar tufayligina qadimgi qoʻlyozmalar, bosma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi manbalar bizgacha yetib kelgani hech kimga sir emas.

   Yaxshi kitobni chiroyli kutubxonada o‘qish — bu, albatta, ideal uyg‘unlik. Shu bois bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda kitobga bo’lgan qiziqishlarini boyitish maqsadida Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markaziga olib borishdi.

   U yerda talabalarimiz o’zlari yoqtirgan adiblarining asarlarini hamda boshqa chet el kitoblarini maroq olib o’qishda.