You are currently viewing Yangilanayotgan Konstitutsiyada taʼlim olish huquqlarga oid muhim yangiliklar belgilanmoqda

Yangilanayotgan Konstitutsiyada taʼlim olish huquqlarga oid muhim yangiliklar belgilanmoqda

    Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradigan hujjatdir. Asosiy Qonunimiz butun huquqiy tizimning rivojlanishiga beqiyos ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

   Shu bois Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha bo’lib o’tadigan referendum to’g’risida targ’ibot darslari bo’lb o’tdi.

    Unda Yangilanayotgan Konstitutsiyada taʼlim olish huquqlarga oid muhim yangiliklar haqida shunindek, har kim taʼlim olish huquqiga egaligi, davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlashi, maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni kafolatlashi haqida tushuntirish ishlari o’tkazildi.

    Shu bilan birga 30-aprel kuni bo’lib o’tadigan Referendumga befarq bo’lmaslikka va xalqimiz farovonligi yo’lida ovoz berishga chaqirildi.