Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali akusherlik ginekologiya va oilaviy shifokorlikda ginekologiya kafedrasi tashabbusi bilan “Reproduktiv salomatlik va soglom oilani shakllantirishga zamonaviy yondoshuv” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy angjuman o’tkazildi.
Anjumanda, TTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda respublika oliy ta’lim muassasalarining yetakchi olimlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan ilmiy –amaliy anjuman doirasida bexatar onalikni ta’minlash, homiladorlik va tug‘ruq jarayonida ona va bolaga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, onalar va go‘daklar o‘limining oldini olish tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgani borasida fikrlar bildirildi.