You are currently viewing Filial talabalari xalqaro olimpiada g’oliblari!

Filial talabalari xalqaro olimpiada g’oliblari!

olimpiada

Joriy yilning 10-aprel kuni Almata shahridagi S.J. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universitetida “Ortopedik stomatologiya” yo‘nalishida xalqaro talabalar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiadada filialning stomatologiya yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar hamda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:

Nabiyev Shaxboz Shoxrux o‘g‘li – 2-o‘rin (stomatologiya yo’nalishi 3-kurs talabasi)
Yoqubov Nuriddinxon Mexmonxon o‘g‘li – 2-o‘rin
(stomatologiya yo’nalishi 3-kurs talabasi)
Norjumayev Sardor Shavkatovich – 3-o‘rin
(stomatologiya yo’nalishi 2-kurs talabasi)

Filial jamoasiga Otorinolaringologiya, oftalmologiya, onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi assistenti
Omonov Nodir Xolliyevich rahbarlik qildi.

Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!