You are currently viewing Qahramonlik boshlanadigan nuqta — bilim va jasorat!

Qahramonlik boshlanadigan nuqta — bilim va jasorat!

olimpiada

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida bo‘lib o‘tgan «Talabalar olimpiadasi» yana bir bor isbotladi: haqiqiy shifokor bo‘lish – bu nafaqat bilim, balki yurakdagi fidoyilikdir.

Talabalar favqulodda avtohalokatlarda tez yordam ko‘rsatish texnikasi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Har bir soniya muhim bo‘lgan vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, inson hayotini saqlab qolish uchun kurashish — bu oddiy ko‘nikma emas, bu — mas’uliyat, jasorat va insonparvarlik uyg‘unligi.

Ko‘zlarda ishonch, yuraklarda hayajon, harakatlarda aniqlik — ushbu olimpiada aynan mana shu tuyg‘ular bilan yodda qoldi.

Kelajak shifokorlari bugun o‘zlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Ertaga esa — inson hayotini saqlab qoladigan qo‘llarga aylanadilar. Barchangizga bu yoʻlda doimo omad yor boʻlshini tilaymiz..