You are currently viewing “Boysun bahori — do‘stlik va madaniyatlar uchrashuvi”

“Boysun bahori — do‘stlik va madaniyatlar uchrashuvi”

boysun bahori

1–10 may kunlari o‘tkazilayotgan Boysun bahori festivali yurtimizda nafaqat milliy qadriyatlar, balki xalqaro do‘stlik va hamjihatlikni namoyon etayotgan yirik madaniy anjumanga aylanmoqda. Ushbu nufuzli bayramda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F. Otamuradov boshchiligida filial jamoasi faol ishtirok etmoqda.

Festival doirasida turli davlatlardan tashrif buyurayotgan mehmonlar soni kun sayin ortib, tadbirning xalqaro nufuzini yanada oshirmoqda. Xususan, Ummon sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy ham mazkur bayram mehmoni sifatida ishtirok etdi.

Tashrif davomida elchi filial rahbariyati hamda xalqaro fakultet talabalari bilan samimiy va mazmunli muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ta’lim, tibbiyot va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar haqida fikr almashildi.