Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida ma’naviyat va go‘zallik uyg‘unlashgan ajoyib loyiha.
2-son Davolash fakul’teti talaba qizlari ishtirokida “Juma — milliy libos kuni” munosabati bilan qadriyatlarimizni ulug‘lovchi o‘zgacha ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Nima uchun milliy libos?
Chunki, u shunchaki mato emas — xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, o‘zgarmas qadriyatlari, yuksak didi va boy ma’naviy merosining yorqin timsolidir!
Tadbir taassurotlari:
Filialimizning go‘zal, faol va iqtidorli talaba-qizlari bir-biridan nafis milliy liboslarda namoyon bo‘lib, millatimiz jozibasi hamda betakrorligini madh etuvchi dilkash she’rlarni mahorat bilan ijro etmoqdalar