Bayram tadbirining tantanali qismida uzoq yillik samarali mehnati, ta’lim-tarbiya jarayonidagi fidoyiligi, ilmiy-pedagogik faoliyati hamda tibbiyot ta’limi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi bilan ajralib turgan bir guruh professor-o‘qituvchilar “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Mazkur e’tirof ustozlarning ko‘p yillik mehnati, kasbiga bo‘lgan sadoqati va ta’lim sohasidagi xizmatlariga berilgan yuksak bahoning yorqin ifodasidir.
Taqdirlangan professor-o‘qituvchilarga ushbu sharafli e’tirof munosabati bilan samimiy tabriklar bildirilib, ularning kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlariga ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yangi muvaffaqiyatlar tilandi.
Zero, ustoz mehnati — e’zozga, ustozning fidoyiligi esa yuksak e’tirofga munosibdir.
Qadrli ustozlarimizni muborakbod etamiz! Sizning yutuqlaringiz — filialimiz faxri!