You are currently viewing MILLIY LIBOS — MILLIY IFTIXOR!

MILLIY LIBOS — MILLIY IFTIXOR!

milliy libos

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Pediatriya fakulteti Fundamental tibbiyot yo‘nalishi 2-kurs talabalari “Milliy kiyimlar kuni” munosabati bilan o‘ziga xos chellenj tashkil etdilar.

Talabalarimiz milliy liboslarda xalqimizning boy madaniy merosi, go‘zal an’analari va milliy qadriyatlarini tarannum etdilar. Rang-barang atlas-u adraslar, milliy naqsh va bezaklar yoshlarimizga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Ushbu chellenj orqali yoshlarimiz milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromini namoyon etib, tengdoshlarini ham milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va targ‘ib etishga chorladilar.

Milliyligimiz — o‘zligimiz, milliy libosimiz — faxrimiz!