You are currently viewing Enoturizm va milliy taomlar festivali

Enoturizm va milliy taomlar festivali

enoturizim

Surxondaryo viloyatining go‘zal va betakror tabiatga ega Oltinsoy tumanida keng nishonlanayotgan «Enoturizm va milliy taomlar festivali» o’zgacha qiziqish va ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
Ushbu nufuzli festivalda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali nomidan hindistonlik talabalarimiz ham faol ishtirok etishmoqda!
Talabalarimiz festival doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda O‘zbekistonning boy milliy taomlari, qadimiy urf-odatlarimiz hamda vohamizning o‘ziga xos turizm salohiyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining iliq taassurotlari va xorijiy madaniyat namunalari bilan tadbirga o‘zgacha fayz kiritishdi.
Bu kabi festival va xalqaro tadbirlar yoshlarimizning o‘zaro do‘stligini mustahkamlash, yurtimizning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.